Qirgʻizistonliklarning oʻz sogʻligʻiga yuzaki munosabati tufayli mamlakatda sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga kasallanish holatlari yana boshlanishi mumkin, dedi Qirgʻiziston bosh vaziri Kubatbek Boronov respublika shtabi kengashida.

Foto: AP Photo

“Mutaxassislar prognozlari boʻyicha, noyabrda COVID-19 epidemiyasi ikkinchi toʻlqini yuzaga kelishi mumkin. Aholimizning oʻz salomatligiga nisbatan bunday munosabati bilan ommaviy kasallanish holati sentyabr oxiriga kelib boshlanishi mumkin.

Bu koʻpincha, jamoat transportida sanitariya-epidemiologiya normalariga amal qilinmayotgani, kafe va restoranlar esa tashrif buyuruvchilarga toʻlaligi bilan izohlanadi. Fuqarolar tantanalar va dafn marosimlarini oʻtkazishni boshlaganlar.

Kafe va restoranlar egalari 3 ming som jarima toʻlab, katta mamnuniyat bilan mehmonlarni kutib olishda davom etishmoqda.

Hammamiz tushunamiz, restoran biznesi zarar koʻrmoqda, ammo ommaviy infektsiyalanish holatlari takrorlanishiga yoʻl qoʻya olmaymiz”, – deb aytgan Boronov.

Mavzuga doir:
Qirgʻiziston chet el fuqarolari uchun chegaralarini ochishga tayyorlanmoqda
Jeenbekov rossiyalik shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Qirg‘izistonda 8 kishi kuydirgi kasalligida gumon qilinib shifoxonaga yotqizildi

Shuningdek, Qirgʻiziston Bosh vaziri tantanali tadbirlar va dafn marosimlarini kafelarda va restoranlarda oʻtkazganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni, shuningdek, odamlar koʻp toʻplanadigan joylar va transportda reydlarni kuchaytirishni taklif etgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 26 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 863 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.