Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya harbiy delegatsiyasi kelasi hafta Anqaraga Idlibda qo’shma patrullarni muhokama qilish uchun tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Foto: Google

“15 martdan boshlab biz M-4 avtomagistralini birgalikda qo’riqlashni boshlaymiz. Biz katta yo’l bo’ylab o’rnatiladigan xavfsiz yo’lak tamoyillari ustida ishlay boshladik. Rossiya harbiy delegatsiyasi shu hafta boshida Anqaraga keladi”, – deya Anadolu agentligi uning so’zlariga iqtibos keltiradi .