Afg’oniston Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus infektsiyasining yana uch holatini tasdiqladi, ularning umumiy soni to’rt kishini tashkil etdi, deb xabar beradi Khaama agentligi.

Foto: RIA novosti

Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Vahidulloh Mayarning so’zlariga ko’ra, mamlakat g’arbidagi Hirot viloyatida uchta yangi holat aniqlangan. Umuman olganda, uning so’zlariga ko’ra, so’nggi bir kun ichida hukumat 36 kishini virus borligini tekshirgan, ularning 33tasining tahlillari salbiy natija bergan. Uning so’zlariga ko’ra, koronavirus bilan og’rigan to’rtta bemor izolyatsiya xonasiga joylashtirilgan.

Fevral oyi oxirida Afg’onistonda yangi turdagi koronavirus bilan infeksiyaning birinchi holati qayd etilgan edi.