6 mart kuni Prezidentning “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tayotgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan bir guruh shaxslarni avf etish to’g’risida”gi Farmoniga binoan hamda Konstitutsiyaning tegishli moddalariga asosan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Manzil koloniyasida saqlanayotgan 2 nafar mahkum ayollarga nisbatan afv qo’llanildi. Bu haqida Icki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Prezidentning Farmoni bilan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Manzil koloniyasida afv etilganlar qashqadaryoliklar bo’lib, ulardan Oblayeva Ugul Yusupovna Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, yashash manzillariga oilasi, farzandlari bag’riga qaytarildi va yana Raximova Shaxodat Sobirovnaning esa jazo muddati ikkidan bir qismiga qisqartirildi.

Ha, o’zbek xalqi kechirimli va bag’ri keng, tanti xalq ekanligini yana bir bor isbotladi.

Ular tomonidan bilib-bilmay qilingan xatolari Prezidentimz tomonidan kechirilib, sog’lom hayotga qaytish imkoniyati yaratildi.

Umrining ma’lum qismini qamoqda panjara ortida o’tkazgan Ugul Oblaeva oilasi davrasiga jigarlari bag’riga qaytar ekan bu qilgan qilmishlari noto’g’ri yo’l ekanligini, hayotining eng shirin yosh navqironligini hazonlarga sovurganligini, qilgan qilmishlaridan ming bor pushaymon ekanligini aytib, Prezidentimiz tomonidan berilgan bu ishonchni halol mehnati va farzandlari tarbiyasi bilan shug’ullanish orqali oqlashini, hayotning qadriga etishini aytib, qilgan qilmishlaridan chin ko’ngildan pushaymonligini yana bir bor bildirdi.

Inson umrini halollik bilan shirin va sog’lom hayot kechirib, qanchalar maroqli ekanligini his qilib yashash naqadar totli.