2020 yil 6 mart kuni Namangan viloyati Yoshlar markazida Namangan viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalarining startap va innovasion loyihalari “Yosh olim va tadbirkor” ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan imzolangan qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarijamoasi o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi, talabalar tomonidan startap loyihalari taqdimotlari o‘tkazildi.

Namangan muhandislik – qurilish instituti talabalari rektor Sharibboy Ergashev o‘zlarining 40 dan ziyod yangi loyihalari bilan qatnashdilar.