Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. Turnirning bugungi kun doirasida o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga ko‘tariladi.

Foto: Sports

-51 kg: Tursunoy Rahimova – Ju Xyun Jung (Koreya Respublikasi) (14:10 dan so‘ng)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Gavrav Solanki (Hindiston) (15:55 dan so‘ng)

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Suguro Aldoms (Indoneziya) (21:30 dan so‘ng)

Ma’lumot uchun, 6 mart kuni jang o‘tkazgan Bobousmon Baturov, Maftunaxon Meliyeva hamda Sanjar Tursunov o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.