Rossiya Federatsiyasiga kirishga taqiq – bu xorijiy fuqaroga mamlakat hududiga kirishga ruxsat berilmaganligini anglatuvchi FMS (Federal migratsion xizmat) ma’lumotlar bazasidagi belgi. Bu haqida Migratsiya agentligi matbuot kotibi so’z yuritadi.

Foto: Make

Taqiq chet el fuqarosi Rossiyada bo‘lgan paytida uning qonunchiligini bir necha bor buzgani yoki migratsiya sohasida sodir etgan huquqbuzarliklariga javob chorasi sifatida qo‘llaniladi.

Taqiq qonunbuzarlikning darajasiga qarab bir necha oydan 10 yilgacha bo‘lishi mumkin. Rossiyaga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror qat’iy hisoblanmaydi, qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Bir necha sabablarga ko‘ra taqiq qo‘yilishi mumkin. Shu bilan birga, chet el fuqarosi uning Rossiyaga kirishiga ruxsat berilgani yoki taqiq qo‘yilgani haqida bilmasligi mumkin, chunki FMS organlari chet el fuqarosini taqiqlangani to‘g‘risida xabardor qilmaydi.

Fuqarolar ko‘p hollarda Rossiya Federatsiyasi chegarasiga kirishda yoki chegaradan chiqishda taqiq mavjudligini bilib qolishadi.
Chegarada kirishga taqiqi mavjudligi aniqlangan fuqaro uyga qaytishga majbur, bu holda hech narsa o‘zgartirilmaydi.

Chegarada rejani o‘zgartirib, uyga qaytishga to‘g‘ri kelmaslik uchun Rossiyaga kirishga taqiq bor yoki yo‘qligi oldindan tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiq.

Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqini qanday tekshirish va taqiq bo‘lsa, nima qilish kerakligi haqida keyingi postlarimizda batafsil ma’lumotlar berib boramiz.