Bu haqida “Huquqiy axborot” ma’lum qildi.

Foto: Google

Transport vositasini jarima maydoniga kim olib boradi?

Jarima maydoniga olib borish, joylashtirish va saqlash hokimliklar tomonidan tanlab olinadigan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat organining vakolatli xodimi hamda haydovchi ushlangan transport vositasini jarima maydoniga haydab borishga haqli emas.

Transport vositasini jarima maydoniga olib kelish xarajatlarini kim to‘laydi?

Transport vositasini jarima maydoniga olib kelish va saqlash xarajatlarini transport vositasi haydovchisi, egasi yoki egasining vakili to‘laydi.

To‘lov miqdorini kim belgilaydi?

Xarajatlar uchun haq miqdori xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu miqdor hokimliklar tomonidan belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo‘lishi mumkin emas.

To‘lov qachon to‘lanadi?

Transport vositasi jarima maydonidan chiqarilayotganda to‘lanadi.

Bunda, to‘langan summa bo‘yicha nazorat-kassa mashinasi yoki hisob-kitob terminalining cheki majburiy tarzda berilishi shart.

Transport vositasi qachon egasiga qaytariladi?

Transport vositasini ushlash sabablari bartaraf etilgan hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘langandan keyin, vakolatli shaxsning yozma ruxsatnomasi asosida egasiga qaytariladi.