Facebook COVID – 19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 9 martgacha Londonda uchta ofisni yopadi. Bu haqida 6-mart, juma kuni SkyNews xabar bergan .

Foto: 112.uz

Kompaniya ushbu qarorni Singapurlik xodimida COVID – 19 tashxisi qo’yilganda, 24 – 26 fevral kunlari Londonning Facebook ofislariga tashrif buyurganidan so’ng qabul qildi.

Londondagi kompaniyaning ofislarida qariyb 3 ming kishi ishlaydi. Kasal bo’lganlar bilan qancha odam aloqada bo’lganligi hali ham noma’lum.