AQSHda El Capitan deb nomlangan, dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi.

Foto: Interfax

Superkompyuterni Hewlett Packard va AMD kompaniyalari AQSH energetika vazirligi buyurtmasi bilan ishlab chiqqan. Uning hisoblash imkoniyatlari eng kuchli 200 ta superkompyuterning birgalikda olingan imkoniyatlariga teng.

Yangi superkompyuter 2023-yildan toʻlaqonli qoʻllaniladi. U yadro quroli, iqlim, genlar mutatsiyasi tahlili, dori-darmon izlash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi. 

Qurilma AMDʼning Zen 4 arxitekturali protsessorlari bilan jihozlandi. Bu protsessorlar 2021-yildagina sotuvga chiqariladi.

El Capitan soniyasiga 2 000 000 000 000 000 000 (millionta trillion) ta operatsiyani bajara oladi.

Taʼkidlanishicha, yangi superkompyuter hozirgi eng kuchli superkompyuterdan 10-marta kuchliroqdir.