Bu haqda CNN AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi federal markaziga (CDC) tayanib xabar qildi, deb yozmoqda “TASS”

Foto: RBC

CDC mutaxassislari va mahalliy ma’murlar jami 304 infeksiyani qayd etishdi. Telekompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu raqamga mahalliy sog’liqni saqlash idoralari tomonidan koronavirus aniqlangan, ammo CDC mutaxassislaridan yakuniy tasdiqni olmagan bemorlarni ham kiritish mumkin.

Virusning yangi turi AQShga kelgan 49 odamda va 28 shtatning 255 aholisida aniqlandi.

Vafot etganlar soni o’zgarishsiz qoldi – 15, ularning 14 tasi Vashington shtatida tasdiqlangan.