Bu haqida Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yashnobod tumani Parkent, Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalari kesishmasida uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlari ketayotgani sababli 6 mart kuni soat 23:00 dan 17 martga qadar Temur Malik ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Maxtumquli va Parkent ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi.

Shuningdek, Tuzel mavzesi yo‘nalishi bo‘ylab yangi qurilayotgan ko‘prik chorrahasiga kirish yo‘li ham vaqtincha yopiladi.

Shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishlari mumkin bo‘ladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.