Joriy yilning 22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dislokatsiya yo‘q! YPX xodimlariga ham qiyin bo‘lib qoldi. Har doim ham dislokatsiya olib yurilmaydi hurmatli haydovchilar” sarlavhasi ostida videolavha tarqatilgan edi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB YPX inspektori B.Xamrayevga nisbatan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, YPX inspektori B.Xamrayev xizmat faoliyatini olib borishi davomida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori hamda IIVning 2016 yil 30 may kunidagi 82-sonli buyrug‘ida ko‘rsatilgan talablarga rioya etmaganligi ma’lum bo‘ldi va YPX inspektori B.Xamrayevga “Hayfsan” intizomiy jazosi e’lon qilindi.