Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: O’zbekiston FVV axborot xizmati

Joriy yilning 4 mart taxminan 8:00 da Uzun tumani “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvchi aka-ukalar “Yangi obod” mahallasida joylashgan Bobotog‘ tog‘ tizmasiga 2 bosh yirik shohli mollarini qidirib chiqib, qaytib kelmagan.

Holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadining 1 ta maxsus texnika va 7 nafar qutqaruvchilari, shuningdek, Uzun tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20 – Yong‘in-qutqaruv qismining 19 nafar qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib boradi.Qutqaruvchlarning olib borgan say-harakatlari natijasida 6 mart kuni soat 12:00 larda yo‘qolgan fuqarolar sog‘lom holatda topildi va oila a’zolariga yetkazildi.

Foto: O’zbekiston FVV axborot xizmati