O‘zbekiston yanvar-iyul oylarida xorijdan 539,6 mln. dollarga teng avtomobillarning ehtiyot qismlarini import qilgan.

Foto: Google

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonliklar joriy yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) uchun 312,3 mln. dollar sarflagan.

Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga esa 909,6 mln. dollar sarflangan.

Mavzuga doir:
O‘zbekistonning yil boshidan buyon qancha oltin sotgani ochiqlandi
O‘zbekistonning import bo‘yicha asosiy hamkor davlatlari qaysilar?
O‘zbekistonda joriy yilda qancha o‘lim holati qayd etilgani ma’lum qilindi

Aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1 mlrd. dollar, elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 303,6 mln dollar hamda elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 365,1 mln. dollar miqdoridagi mablag‘ xarajat qilingan.