Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Italiya hududida COVID – 19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi. O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Наши студенты в Италии” va “Tashkent – Torino – 2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

2020 yil 6 mart kuni ertalabki holatga ko‘ra Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko‘chirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari qoldirildi.

O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:

Abdulaziz Abduganiyev, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
+390687775827; +393441124141

Munira Nizamova, Konsul, birinchi kotib
+390687775739; +393356080226

Doston Omonov, Attashe
+390687775724; +393358155529

Xushnud Artikov, “Uzbekistan Airways” AJning Italiyadagi vakili:
+390642014811; +393476994402

Elchixonaning internet-resurslari:
Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/

Elchixona manzili:
Ambasciata dell’Uzbekistan in Italia
Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma