Eron Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Kianush Jahanpur payshanba kuni ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari rekord darajada ko’paygan. Bu haqida “RIA novosti” xabar bermoqda.

Foto: RIA novosti

“O’tgan kun davomida 1234 ta holatni aniqlash mumkin bo’ldi, bu rekorddir. Yangi ma’lumotlarni hisobga olgan holda (infeksiyaning) umumiy soni 4747 ni tashkil etadi”, dedi u IRINN telekanalining efirida.

OAV ma’lumotlariga ko’ra, koronavirusdan vafot etganlar soni kuniga 17 taga ko’payib, 124 taga yetgan, deyiladi xabarda.