Foto: Daryo

“Hozirgi kunga kelib, butun mamlakat bo‘ylab jamoat xavfsizligi organlari tomonidan 1116 ta firibgarlik holati aniqlangan va fosh qilingan, 294 kishi qo‘lga olingan, o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 6,6 million yuan musodara qilingan”, — deyiladi xabarda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari uchta asosiy firibgarlik sxemasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Eng ko‘p uchragan holatda jinoyatchilar himoya niqobi taqchilligidan foydalangan. Ular niqob sotishi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon bergan. Xaridorlardan pul kelib tushgach esa shunchaki telefon raqamini o‘zgartirgan yoki xaridorlarni bloklagan.

Keyingi holatda esa firibgarlar xayriya tashkiloti ekanligini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali pul yig‘gan. Ular yig‘ilgan mablag‘ koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ishlatilishini aytgan. Ular ko‘p miqdorda pul to‘plagach, o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘lgan.

Shuningdek, firibgarlar turli messenjerlardagi guruhlar orqali ham kasallikka qarshi kurashish vaji bilan pul yig‘gan.