Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tahlilini e’lon qildi.

Foto: Dunyo

Unga ko‘ra, tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 811,1 mln. AQSh dollariga kamaydi va 10 546,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 714,3 mln. AQSh dollariga yetdi.

2018-yilning mos davriga nisbatan esa sanoat tovarlari importining ulushi 16,7 % dan 16,9 % gacha o‘sdi, mashinalar va transport asbob-uskunalari 40,5 % dan 38,1 % ga, nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari importining ulushi esa 4,4 % dan 4,2 % ga kamaydi.

2019-yil bilan taqqoslaganda import bo‘yicha eng yuqori oltilikda o‘zgarish kuzatilmadi. 2020-yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 134 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi.

Hisobot davri yakunlariga ko‘ra, import bo‘yicha hamkor davlatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi umumiy import hajmida 21,7 %, Rossiya Federatsiyasi esa 20,4 % ulushi bilan yetakchi o‘rinni egallab kelishmoqda.

Mavzuga doir:
YaIM o‘sishi dastlabki yarim yillikda 0,2 foizgacha sekinladi
Mamlakatimiz hudularida tayyor palovning o‘rtacha narxlari ma’lum qilindi
O’zbekiston 5 oyda qancha oltin sotdi?

Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya va Litva) jami importning 73,0 % ulushini tashkil qiladi, bu 8 223,3 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.