Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov qozog‘istonlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan SARS-CoV-2’ga qarshi vaksinani yuqori baholadi. Bu haqda “Zakon” nashri xabar bermoqda.

Martin Baxmann.

Aymagambetovning so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonlik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti reyestriga kiritilgan.

Vazir inaktivatsiya qilingan vaksina klinik sinovlardan oldingi ko‘rikdan yaxshi o‘tganini aytgan. Taxminan 25 kun oldin vaksina ishlab chiquvchilari ixtiyoriy ravishda o‘zlarini emlashgan va M i G immunoglobulinlari bo‘yicha “antitelalarning juda tez o‘sishi” kuzatilgan.

Aymagambetovning qayd etishicha, sinovlar davomida vaksinaning aks ta’siri, shuningdek, allergiya keltirib chiqarishi holati ham o‘rganilgan va “dastlabki natijalar juda yaxshi chiqqan”.

Mavzuga doir:
Qozogʻiston Rossiya vaksinasini xarid qilish uchun Moskvaga delegatsiya yuboradi
Qozog‘iston COVID-19’ga qarshi vaksinasini 200 kishida ixtiyoriy ravishda sinab ko‘radi
Qozog‘istonda deyarli 2,2 mln. odam koronavirusga qarshi bepul emlanadi

Avvalroq, koronavirusga qarshi Qozog‘iston vaksinasini klinikaga qadar sinash yakunlangani haqida xabar qilgan edik.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 22 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 797 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.