Goa – Samara yo’nalishidagi Azur Air Boeing – 767 samolyoti yo’lovchiga infarkt bo’lganligi sababli Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportiga zudlik bilan qo’ndi. Bu haqida aeroport ma’muriyati “TASS”ga xabar berdi.

Foto: Azur Air

“JF-6328 “Azur Air” Goa – Samara reysi juma kuni Moskva vaqti bilan 9:55 (Toshkent vaqti bilan 11:55) Toshkent aeroportiga favqulodda qo’ndi. Majburiy qo’nishga sabab yo’lovchilardan birining yurak xastaligidir”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, bir yo’lovchi Rossiya fuqarosini tezyordam samolyotdan mahalliy kasalxonalardan biriga olib borilgani aytilmoqda. “Taxminan soat 11:40 (Toshkent vaqti bilan 13:40) da samolyot belgilangan manzilga uchib ketdi”, dedi ma’muriyat vakili.

Kasalxonada yotgan ayolga barcha zarur yordam ko’rsatildi, deyiladi xabarda.