“Uzbekistan Airways” Myunxenga reys ochilishi haqida xabar berdi, bu haqida kompaniya axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Google

“Uzbekistan Airways” Germaniyaga yangi yo’nalish ochilganini e’lon qildi: to’g’ridan – to’g’ri reys Toshkent va Myunxeni bog’laydi.

“Uzbekistan Airways” Myunxendan haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari parvoz qiladi. Birinchi parvoz 2020 yil 1 aprelga rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko’ra, Toshkent – Myunxen – Toshkent yo’nalishidagi qatnov chiptasi narxi 520 yevrodan boshlanadi.