Afgʻonistonda Kobul gʻarbida oʻtkazilayotgan tadbirda mamlakat bosh vaziri Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi. Bu haqida “Sputnik” xabar qildi.

Foto: Sputnik

Voqea joyida boʻlgan manbaning soʻzlariga koʻra, hujum Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla boʻlgan joyda amalga oshirildi. Abdulla Abdulla jabrlanmagan. Afgʻoniston bosh vaziri va bir qancha yuqori lavozimli shaxslar soqchilar tomonidan nomaʼlum tomonga olib ketildi.

Tadbir Kobul gʻarb qismida Dashti Bari hududida oʻtkazilayotgan boʻlgan. Tadbirda Abdullohning yana bir sherigi, bosh vazir oʻrinbosari Muhammad Muhakkik, shuningdek Afgʻonistonning sobiq prezidenti Xomid Karzay, Salohuddin Rabboniy, Islomiy jamiyat partiyasining rahbari va general Abdurashid Doʻstumning oʻgʻli Batur Doʻstum boʻlgan.

Oliy Kengashi rahbari Muhammad Karim Xalilining nutqi vaqtida otishma boshlandi.

“Hujumdan soʻng tadbir yopildi”, – deb maʼlumot berdi manba.

Taʼkidlanishicha, ayni damda Kabulda otishma boʻlmoqda. Jabrlanganlar haqida maʼlumotlar yoʻq.

Hujum amalga oshirilgan hudud politsiya va harbiylar tomonidan oʻrab olingan.