Bu haqida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Do‘stlik tumani, Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan O‘.R. “Oqoltin ostonasi ko‘rki” fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonida sumka ichida qora rangli politelen paketga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub egizak chaqaloqlarni o‘lik holda topilganini hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga ma’lum qilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqlarni Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 1998 yilda tug‘ilgan X.G. tug‘ib tashlab ketgani aniqlandi.

Surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi xabarda.