BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus tarqalishidagi vaziyatga qaramay, G’alaba kunini nishonlash uchun Moskvaga borishi kutilmoqda. Bu haqida “TASS” nashri yozmoqda.

Foto: EPA-EFE / GIAN EHRENZELLER

U Moskvaga G’alaba paradiga kelishni rejalashtirganini tasdiqladi.

“Hozirda barcha rejalar o’z kuchida qolmoqda”, dedi u “TASS” bosh direktorining birinchi o’rinbosari Mixail Gusmanga eksklyuziv intervyusida, koronavirus tarqalishi sababli tashrifni bekor qilish mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan.

Bosh kotib, shuningdek, uning fikricha, agar mamlakatlar Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ishlasa, pandemiya boshlanishiga barham berish mumkin.