Xitoyning Yanszi daryosi akvatoriyasida, Shanxay yaqinida tanker va barja to‘qnashib ketdi. Bu haqda bugun Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Halokat mahalliy vaqt bilan soat 03:40 lar atrofida yuz bergan. Uch ming tonna benzin olib ketayotgan tanker va shag‘al ortilgan barja to‘qnashuvi oqibatida barja cho‘kib ketgan, tankerda esa yong‘in chiqqan. Bu paytda kemalarda jami 17 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar uch kishini suvdan eson-omon chiqarib olib, kasalxonaga yetkazishgan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Qolgan 14 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Hozirda yo‘qolgan insonlar qidirilmoqda.

Mavzuga doir:
Xitoy koronavirusga qarshi vaksinasi narxini e’lon qildi
Xitoylik keksa ayol yarim yilda ikkinchi marta koronavirus yuqtirib oldi
Xitoyda epidemiya sharoitida yashash uchun shahar quriladi