Qoʻqon davlat pedagogika institutida “Yoshlik” kafesi ish boshladi. Eʼtiborlisi, majmuada “Book cafe” ham ishga tushirildi. Bu yerda talabalar uchun yengil nonushta qilish hamda kitob mutolaa qilish imkoniyati yaratilgan. Bu haqida “Xalq so’zi” yozmoqda.

Foto: Xalq so’zi

Mazkur harakat Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan navbatdagi amaliy qadam sanaladi.