Aleksey Navalniy bilan Tomskdan Moskvaga qaytayotgan samolyot zudlik bilan Omskka qo’ndi, dedi FBK matbuot kotibi Kira Yarmish. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

“Alekseyda toksik zaharlanish bor. Endi biz tez yordam bilan kasalxonaga ketmoqdamiz”, – deb yozadi Yarmish o’zining Twitter’dagi sahifasida.

Uning eslashicha, bir yil oldin, Navalniy tergov hibsxonasida bo’lganida, FBK ma’lumotlariga ko’ra, u zaharlangan.

“Aleksey choyga aralashgan narsa bilan zaharlangan degan taxminimiz bor. U ertalab ichgan yagona narsa shu edi. Shifokorlar, toksin issiq suyuqlik orqali tezroq so’rilishini aytishdi”, – deya qo’shimcha qildi Yarmish.

Uning so’zlariga ko’ra, Navalniy hozir hushidan ketgan.

Mavzuga doir:
Rossiyalik fazogir kosmosda 5 ta sirli obyektni tasvirga oldi
O’zbekistondan Rossiyaga qariyb 200 tonna olma eksport qilindi
Putin Lukashenkoga yordam berishi mumkin