Bugungi kunda Respublika hududlarida bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektidan samarali foydalanish shu jumladan, tadbirkorlarga berish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati yozmoqda.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati

Jumladan, 1810 ta bo‘sh turgan ob’ektdan 610 tasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan. Xususan, 40 tasi sotilgan, 240 tasini elektron savdolariga qo‘yish belgilangan, 66 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida tanlovga qo‘yilgan, 23 tasi ijaraga berish jarayonida, 96 tasi ishga tushgan, 26 tasi buzilgan, 39 tasi kam ta’minlangan oilalarga uy-joy sifatida berilgan, 79 ta obyekt rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturiga kiritilgan.

Qolgan 1193 ta bo‘sh turgan obyektdan samarali foydalanish shu jumladan, tadbirkorlarga berish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari qabul qilingan.

Mazkur qarorlarga muvofiq bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha quyidagi ishlar belgilab olindi.

Xususan:

-474 ta obyektni mahalliy hokimliklar tasarrufiga o‘tkazish;

-112 ta foydalanishga yaroqsiz obyektlarni buzish va buzishdan bo‘shan yer maydonlarini elektron auksionga chiqarish;

-118 ta obyektni tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida berish;

-450 ta ob’ektdan o‘z yo‘nalishida samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritalar” ishlab chiqilgan;

-39 ta obyektni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish.