Bu haqida “Huquqiy axborot” ma’lum qilmoqda.

Foto: Google

Ota – onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 111 ming 500 so‘mdan 669 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish 1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 2 mln 230 ming so‘mdan 4 mln 460 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.