Tojikiston – Afg’oniston chegarasidagi Nijniy Pyanj bojxona postida Tojikiston Bojxona xizmati xodimlari Afg’oniston fuqarosini 2 kg dan ortiq geroin bilan ushlashdi va musodara qildilar, deya xabar beradi Tojikiston Respublikasi Bojxona xizmati matbuot markazi. Bu haqida “Interfax” yozmoqda.

Foto: Google

“Afg’oniston fuqarosiga tegishli chamadonni tintuv qilish chog’ida bojxona xodimlari bodom bilan qoplangan ikkita plastik qopni topdilar. O’sha sumkalarda bodom orasidan o’ziga xos hidli kul rang kukunli modda topildi. Ekspertiza shuni ko’rsatdiki, ushbu modda umumiy og’irligi 2 kilogramm va 110 gramm bo’lgan geroin giyohvandlik moddasi bo’lgan.” , – deyiladi xabarda.

Afg‘oniston fuqarosiga nisbatan Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 200 (giyohvand moddalar savdosi) va 289 (kontrabanda) moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Avvalroq, fevral oyi o’rtalarida Narkotiklarni nazorat qilish agentligi direktori Sherxon Salimzoda Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida Tojik – Afg’on chegarasini himoya qilish choralarining kuchaytirilgani, Tojikiston va MDH mamlakatlarida giyohvand moddalar miqdorining pasayish sabablaridan biri ekanligini ta’kidlagan edi.