Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen In Janubiy Koreyalik hamkasbiga koronavirusga kurashda bardamlik tilagan xat yubordi. Bu haqida «Mirror» nashri yozmoqda.

Foto: The Strait Times

U Janubiy Koreya prezidentiga «bu ofatni yengib chiqamiz», deb aytgan va yordam berishga tayyorligini izhor qilgan. 

Payshanba kuni Janubiy Koreyada 438 ta yangi kasallik holati qayd etilib, ularning soni 5,8 ming kishiga yetgan. Janubiy Koreya Xitoydan tashqarida keng ko‘lamda epidemiya bilan kurashmoqda – 37 ta o‘lim qayd etilgan, bu Xitoy, Italiya va Erondan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya rahbari mamlakat tarkibida koronavirusga chalinganlar mavjud emasligini ta’kidlab, nazoratni yanada kuchaytirganini aytib o‘tdi, deyiladi xabarda.