Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqida Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Shu kunga qadar Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Xashimov Muzaffar Kazimovich o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Alimova Gavxar Zayirovna nomzodi Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.