Janubiy Koreya Respublikasi hukumati himoya niqoblari uchun asosiy material bo’lgan mahalliy to’quv bo’lmagan filtrli mato ishlab chiqaruvchilariga moliyaviy yordam beradi. Bu haqida Savdo, sanoat va energetika vaziri Song Yoon Mo ma’lum qildi.

Foto: Interfax

Uning ta’kidlashicha, janubiy koreyaliklar kerakli miqdordagi himoya niqoblaridan bepul foydalanishlari kerak va hukumat bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

Hafta boshida e’lon qilingan choralarga ko’ra, fuqarolar ma’lum kunlarda haftasiga faqat ikkita niqob sotib olishlari mumkin.

6 martdan boshlab hukumat tayyor niqoblar va ularni ishlab chiqarish uchun materiallarni eksport qilishni taqiqladi. Ishlab chiqaruvchilar har kuni ishlab chiqarish hajmi va mavjud zaxiralar to’g’risida hisobot berishlari shart. Rasmiylar, shuningdek, mamlakatning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, to’qilmagan filtrli matolarning kundalik ishlab chiqarilishini aprel oyi oxiriga qadar 12,9 tonnadan 27 tonnagacha oshirish uchun 2,3 million dollar ajratilganini e’lon qildi.