Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida davom etgan muzokara yakuniga yetdi.

Foto: RIA novosti

Putin va Erdo‘g‘an bugun Moskvadagi Kreml saroyida uchrashdilar. 2 soat 40 daqiqa davom etgan yakkama-yakka uchrashuvlardan keyin yana uch soat kengaytirilgan doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jami olti soatlik uchrashuvlardan keyin ikki davlat rahbarlari OAVga bayonot berdilar.

Rossiya prezidenti muzokaralar boshlanishidan oldin bunday holat takrorlanmasligi, tomonlar Rossiya-Turkiya munosabatlarini qadrlanishi, ularni buzilmasligi uchun vaziyatni turkiyalik hamkasbi bilan “muhokama qilish” zarurligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an so‘zi avvalida Rossiyaga taklif etgani uchun Vladimir Putinga minnatdorlik bildirib, rus va turk xalqlarining tarixiy ildizi chuqur ekaniga ishora qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 5 asrlik tarixga ega ekanini qayd etib, bu yil diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 100 yil to‘layotganini alohida ta’kidladi.  

Bayonot chog‘ida Turkiya rahbari “Suriyaning Idlib shahrida sulh bugun kechqurun, 00:01dan kuchga kiradi”, dedi. 

“Turkiya Bashar Asad tarafdorlarining har qanday hujumlariga javoban kuchli zarba berish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Shuningdek M4-M5 avtomagistrallarining ishonchli holga keltirilishi, bu hududda Turkiya va Rossiya birlikda qo‘shma patrul xizmati olib borilishi muzokaralar bandiga kiritildi.