Kuni kechagi bayonotda ushbu mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern 19-sentabrga belgilangan parlament saylovlari 17-oktabrga ko‘chirilishini ma’lum qildi. Sababi esa yana koronavirus. Bu haqda “The New Zealand Herald” xabar berdi.

Foto: Time

Bosh vazir ushbu qaror mamlakat siyosatchilari bilan bamaslahat qabul qilinganini aytdi. 

Mamlakatda oxirgi dam olish kunlari 29 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallikning faol shakli bilan og‘irganlar soni 78 nafarga yetdi.

Bulardan 58 nafari kasallikni mamlakat ichkarisida yuqtirgan, qolgan 20 kishi esa chetdan olib kelgan. Besh nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, 86 kishi esa tashxisi chiqquniga qadar karantinga olingan.

Yangi Zelandiyada birinchi infeksiya yuqtirib olgan bemor 28-fevral kuni ro‘yxatga olingan edi. Pandemiya davrida mamlakat bo‘yicha 1532 kishi kasallikdan tuzaldi, 22 kishi esa kasallik qurboniga aylangan..

11-avgust kuni, 102 kunlik tanaffusdan so‘ng, Yangi Zelandiyada to‘rt kishida koronavirus topilganidan keyin mamlakat bo‘ylab sanitariya-epidemiya cheklovlari yana tiklana boshladi.

Xususan, oraliq masofani saqlash, begonalar bilan muloqot qilmaslik, ommaviy tadbirlar qatnashchilari soni 100 kishidan ortib ketmasligi kabi cheklovlar.

Mavzuga doir:
To’rt mamlakatda yuzlab odamlar Xitoydan pochta orqali kelgan sirli urug’larni olishdi
Bugundan Yangi Zelandiya barcha karantin cheklovlarini bekor qildi
Yangi Zelandiya milliy bog’ida g’oyib bo’lgan yigit va qiz 19 kun o’tib topildi

To‘rt bemor aniqlangan Oklendda esa qoidalar yanada qattiq: odamlarga uylarida qolish uqtirilmoqda, ko‘cha va jamoat joylarida imkon qadar niqobni yechmaslik shart. Korxonalar, muassasa va idoralar butkul yopilgan, ta’lim maskanlari to‘liq onlaynga o‘tkazilgan.

Bir joyda 10 dan ortiq odam to‘planishi mumkin emas. Shaharga kirish-chiqishni politsiya qattiq nazoratga olgan.