Koson tumanidagi “Obod” mahallasida qarovsiz qolgan yer maydonlari shudgorlanib, 5 gektarlik yoshlar bog‘i tashkil qilinishi boshlandi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Koson tumani hokimi tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan bu loyiha tumanning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Bugun erta tongdan “Rahimso‘fi” va “Alchabob” mahallalari bilan tutashgan qismda foydalanishda bo‘lmagan yer maydonlariga qayta ishlov berish ishlari boshlandi. Ahamiyatlisi mahalla ahli mazkur ishga bosh qo‘shib, o‘z hissasini qo‘shishga kirishdi.

Bu safar 5 gektar emas, 50 gektarlik bog‘ tashkil qilinmoqda. Turli mevali daraxtlarning ko‘chatlari ekilmoqda.

Ish sifati va unumdorligiga erishish maqsadida yerga ishlov beruvchi zamonaviy texnikalardan foydalanilmoqda.