Bu haqida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Rossiyaning “YEVROTSEMENT group” xolding kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuvda aytib oʻtildi. Bu ikki tashkilot oʻrtasida qabul qilingan memorandumga koʻra, amalga oshirilayotgan ishlar samarasidir.

Foto: Google

Misol uchun, uyushma maʼsulligida “YEVROTSEMENT group” xoldingi tomonidan “Ohangaronsement” AJ hududida qurilish materiallari klassterini tashkil etish boʻyicha umumiy qiymati 200 mln dollarlik yirik loyiha amalga oshirilyapti. Natijada bu yerda yuqori sifatli sementdan tortib, tayyor temir-beton mahsulotlarigacha ishlab chiqariladi. Shuningdek, klaster doirasida “Ohangaronsement” AJ hududida yillik quvvati 3 mln. tonnani tashkil etuvchi qoʻshimcha yangi sement zavodi joriy yilda foydalanishga topshiriladi.

Uchrashuv soʻngida ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirish, hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.