Vladimir Putin va Toyyib Erdo’gʻan uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Foto: RIA novosti

U hozirgi paytda prezidentlar delegatsiya aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazmoqdalar, deb qoʻshimcha qildi.

Ikki davlat rahbarlari muzokaralaridagi asosiy masala Suriyaning Idlib shahridagi vaziyatning keskinlashishi boʻldi. Rossiya va Turkiya prezidentlarining Kremldagi uchrashuvi Moskva vaqti bilan 14.06 da boshlandi.

Rossiya prezidenti muzokaralar boshlanishidan oldin bunday holat takrorlanmasligi, tomonlar Rossiya – Turkiya munosabatlarini qadrlanishi, ularni buzilmasligi uchun vaziyatni turkiyalik hamkasbi bilan “muhokama qilish” zarurligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida Erdogʻan muzokaralar natijalari Idlibdagi vaziyatni normallashtirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.