“Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (122-son, 04.03.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Expo Veneto

Qarorga muvofiq, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Shunga ko‘ra, respublika bo‘yicha 112 ta OTM, tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Sport turlari bo‘yicha sportchilarni saralash va tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, sportchilarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1-bosqich. Bolalar va o‘smirlarni dastlabki (birlamchi) tanlash;
2-bosqich. Tanlangan sport turi bo‘yicha ixtisoslashish talablariga jalb qilingan kontingentni talab darajasida chuqur tekshirish;
3-bosqich. Sportga yo‘naltirish;
4-bosqich. Terma jamoalarga saralash.