Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurash uchun har oy 89 million dona tibbiy niqoblar kerak. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: RIA novosti

“Tekshirish uchun tibbiyot qo‘lqoplariga kelsak, bu raqam 76 millionga yetadi, xavfsizlik ko‘zoynaklariga global talab oyiga 1,6 million juftni tashkil yetadi”, deyiladi tashkilot press-relizida.

JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 90 870 kishini tashkil qiladi. Xitoyning materik qismida bu kasallikka chalinganlar soni 80,270 ni tashkil qiladi, 2981 kishi vafot yetgan.