“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi axborot xizmati bu haqida yozmoqda.

Foto: Brend

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4563-sonli qarori asosida oziq – ovqat sanoati yo‘nalishidagi 568,8 mln. dollarlik 49 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Jumladan:
– meva, sabzavot tarmog‘i va qayta ishlashda – qiymati 332.9 mln. doll. bo‘lgan 24 ta loyiha;
– go‘sht, sutni qayta ishlash sohasida – qiymati 120,8 mln. doll. bo‘lgan 8 ta loyiha; – oziq-ovqat va ta’m mahsulotlarini ishlab chiqarishda – qiymati 115,1 mln. doll. bo‘lgan 17 ta loyiha.

Shuningdek, 2020 yilda mazkur investitsiya loyihalari doirasida 223,0 mln. dollar (I-chorakda – 26,3 mln. dollar) to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

2020 yil yanvar – fevral oyida 18,8 mln. dollar miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, 2020-2022 yillarda Davlat investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda oziq – ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida umumiy qiymati 5,83 trln.so‘m bo‘lgan 529 ta yangi loyiha ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.