Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov koronavirus mamlakatda tarqalishining oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi choralarni qo‘llashni tavsiya qildi. Bu haqida uning o’zi telegram kanalida yozmoqda.

Foto: RIA novosti

Uning fikricha, virus bilan kurashishga ko‘maklashuvchi dorilar va shaxsiy himoya vositalari (tibbiy niqoblar, respiratorlar) eksportini taqiqlash, ularning narxini spekulyativ oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va xavfsiz davlatlardan importni yo‘lga qo‘yish kerak. Rossiya va Germaniya davlatlarida tibbiyot vositalari eksporti va va ularni mamlakatdan olib chiqishning taqiqlanganligi, Fransiyada hukumat aholining himoya niqoblari bilan ta’minlanishini nazoratga olganligi misol qilib keltirilgan.

Bundan tashqari, deputat ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni cheklash, karantinga olish nazarda tutilgan davlatlar sonini oshirish, tashqi ishlar vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi va investisiya vazirligi ishtirokida parlament eshituvini tashkil etish taklifini ham bergan.