Turkiya prezidenti Toyib Erdo’g’an payshanba kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Idlib viloyatidagi vaziyat bo’yicha Moskvadagi muzokaralar mintaqa uchun juda muhim ekanligiga ishonch bildirdi.

Foto: TASS

“Biz ushbu yig’ilishni Turkiyada o’tkazishimiz kerak edi, lekin sizning Konsititutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlaringiz tufayli biz sizning taklifingizni qabul qilib, bu yerga kelishga qaror qildik. Albatta, uchrashuvimiz bugun juda katta ahamiyatga ega, chunki Idlib mintaqasida vaziyat juda tarang. Bugun butun dunyo bizning muzokaralarimizni kuzatmoqda. Men bugungi qaror va qadamlarimiz Idlibdagi vaziyatni yengillashtirishiga ishonaman”, dedi u.