Payshanba kuni Eronda koronavirus infeksiyalari soni 3,5 mingdan oshdi, qurbonlar soni 107 kishiga yetdi, deya xabar beradi YJC yangiliklar portali Sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Foto: RIA novosti

“Eronda koronavirus infeksiyalari soni 3513 taga yetdi, vafot etganlar umumiy soni 107 kishini tashkil etmoqda”, deyiladi portalda.

O’z navbatida, IRINN telekanalida Eron sog’liqni saqlash vaziri Said Namakining ta’kidlashicha, rasmiylar Eron o’quv yurtlari, universitetlari va maktablaridagi darslarni bekor qilishni “yangi yil” ga qadar uzaytirish to’g’risida qaror qabul qildilar. Eronda u 20 martda boshlanadi, undan keyin Yangi yil bayramlari boshlanadi, deyiladi.