Rossiya prezidenti Vladimir Putin turk hamkasbi Rajab Toyib Erdo’g’an bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda “RIA novosti”

Foto: RIA novosti

Uchrashuv yakkama – yakka bo’lib o’tadi. Rossiya rahbari ta’kidlaganidek, Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat shu qadar keskinlashganki, bu to’g’ridan-to’g’ri shaxsiy suhbatni talab qilishi ham mumkin.

“Siz so’raganingizdek, biz yuzma – yuz suhbat qurishga tayyormiz”, dedi Putin.

Turkiya delegatsiyasi tarkibida Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi rahbarlari, G’aznachilik va moliya vaziri, shuningdek, milliy razvedka tashkiloti rahbari ham bor deyiladi xabarda.