O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, ertaga, 15-avgustdan e’tiboran Toshkent shahrida jamoat transportining barcha turi (avtobus, metropoliten, yo‘nalishli taksi) harakati qayta tiklanadi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati

“Toshshahartransxizmat” AJ 132 ta yunalishda 1105 ta avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqaradi. Shuningdek, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida faoliyat yurituvchi xususiy korxonalar hamda 98 ta yo‘nalishda 800 dan ortiq yo‘nalishli taksilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir:
Poytaxtga 9 ta yangi gazda harakatlanuvchi avtobuslar olib kelindi
Toshkentda avtobus haydovchilari uchun kunlik rejalar bekor qilinadi
Toshkentda “Isuzu” avtobusi va “Kamaz” yuk mashinasi to’qnashdi

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus va mikroavtobuslar saloniga chiqarilmaydi.