Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Turkiya rahbarlari o’rtasidagi muzokaralar formati haqida gapirdi.

Foto: CA-IR NEWS

Unga ko’ra, Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo’g’an yakkama – yakka formatda uchrashadilar.

Agar kerak bo’lsa, muzokaralar “tor tarkibda” o’tkaziladi, deya qo’shimcha qildi Peskov.