Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanish holati payshanba kuni 6000 dan oshdi, virusning tarqalishining epimarkazi bo’lgan Tegu janubi – sharqida hali ham ko’plab yangi virus infeksiyalari aniqlandi.

Foto: Yonhap axborot agentligi

Tegu yaqinidagi virus tarqaladigan uchinchi hudud “maxsus parvarishlash zonasi” deb belgilandi.

Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (KCDC) ma’lumotlariga ko’ra, payshanba kuni so’ngi 16 soat ichida 322 ta yangi kasallik aniqlanib, mamlakatdagi infeksiyalarning umumiy soni 6088 taga yetdi.

KCDC va mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko’ra, hozirgacha 41 kishi, asosan keksa bemorlar, Janubiy Koreyada o’tgan yil oxirida Xitoyda paydo bo’lgan respirator virusidan vafot etgan.