Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga keldi, unda rahbarlar Suriyaning Idlib atrofidagi vaziyatni qanday hal qilish to’g’risida kelishib olishga harakat qilishadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Foto: RIA novosti

Turkiya delegatsiyasi tarkibida Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, G’aznachilik va moliya vaziri va milliy razvedka tashkiloti rahbarlari bor.

Bungacha Moskva va Anqarada ekspertlar darajasida Rossiya – Turkiya muzokaralarining uch bosqichi bo’lib o’tdi, ammo ularning natijalari bo’yicha kelishuvga erishilmadi va masala prezidentlar darajasiga ko’tarildi.